SHUKSHIN Vasiliy Makarovich (1929.25.7, Oltoy o’lkasi Biysk tumani Srostki qishlog’i
— 1974.2.10, Volgograd viloyati Kletsk qishlog’ida vafot etgan; Moskvada dafn qilingan)
— rus yozuvchisi, kinorejissyor, stsenarist. Rossiyada xizmat ko’rsatgan san
’at arbobi (1969).. Dastlabki hikoyalar to’plami — «Qishloq odamlari» (1963). 1964
yilda Vasiliy Shukshin stsenariysi asosida «Shunday yigit yashaydi» fil`mi suratga
olingan va ushbu kartina Venetsiyada bo’lib o’tgan 16-Xalqaro kinoforumda «Oltin sher»
mukofotiga sazovor bo’lgan. Shukshinning «Lyubavinlar» (1965) romani, shu roman asosida
ishlangan «Lyubavinlarning tugatilishi» (1972) fil`mida, Stepan Razin hayoti va uning
kurashiga oid «Sizga erkinlik bergani keldim» kinoromanida (1971),«Xarakterlar», «Sizning
o’g’lingiz va akangiz» (1966), «G’aroyib kishilar» kabi kinokartinalarida insonning
teran ichki kechinmalari, orzu va umid sari talpinishlari, ba’zi bir kimsalarda uchraydigan
meshchanlik falsafasining fojiaga olib kelishi mahorat bilan tasvirlangan. Shukshinning
adabiyot va kino sohasidagi faoliyatida turli toifa kishilarining yorqin obrazlari
yaratilgan.
Vasiliy Shukshinning badiiy adabiyot va kinodagi uslubi ishontirish san’atining kuchi
bilan chuqur hayotiylik kasb eta olgan.Shukshin S. Gerasimovning «Ko’l bo’yida» fil`midagi
Chernix rolining ijrosi uchun Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan (1971). «Ular Vatan
uchun jang qildilar» fil`mini suratga olish chog’ida to’satdan vafot etgan.Asarlari
o’zbek tiliga tarjima qilingan.